
Urganch innovatsion universitetida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag'ishlangan anjuman bo'lib o'tdi.
Anjumanda oliy ta'lim dargohimizning bakalavriat hamda magistratura mutaxassisliklarida tahsil oluvchi iqtidorli talabalari ham ishtirok etdi. Ular Navoiydek buyuk ijodkor yaratgan asarlarni o'qib-o'rganish hamda o'zimizni uning avlodlari deya olish biz uchun faxr va g'urur tuyg'usini baxsh etishini e'tirof etdilar.
Muhtaram Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek: "Jonajon Vatanimiz «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning butunlay yangi bosqichiga qadam qo'yib, yangi Uyg'onish davri — Uchinchi Renessans poydevorini yaratayotgan bugungi kunda Alisher Navoiyning bezavol adabiy merosi misolida o'zbek adabiyoti va madaniyatini chuqur o'rganish, ommalashtirish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi".
Boshqa maqolalar
O'rganishni boshlashga va ko'nikmalaringizni oshirishga tayyormisiz?
Mutaxassislar tomonidan boshqariladigan ta'lim yo'nalishlarida o'z karyeralarini o'zgartirayotgan minglab o'quvchilarga qo'shiling. O'z yo'lingizni tanlang va bugun sayohatingizni boshlang.
Muvaffaqiyatli bitiruvchi
O‘qiyotgan talaba
Malakali o‘qituvchi
Ishga joylashgan bitiruvchi