Urganch innovatsion universiteti va O'zbekiston xotin-qizlar "Olima" uyushmasi Xorazm viloyati bo'limi hamkorligida Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan "Zulfiyaxonim — vafo va sadoqat timsoli" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Zulfiya ijodiy merosini chuqur o'rganish, uning mangu barhayot she'riyati orqali o'zbek adabiyoti va ma'naviyatining yuksak qirralarini anglash maqsadida tashkil etilgan anjumanda nafaqat oliygohimiz professor-o'qituvchilari, balki viloyatimizning eng bilimli, ko'zga ko'ringan olima ayollari, ijodkorlari ham ishtirok etib, chuqur mazmunli ma'ruzalarini taqdim qildilar.

Xususan, anjumanda quyidagi ma'ruzalar tinglandi: "Yosh talaba-qizlar tarbiyasiga Zulfiyaxonim ijodining ma'naviy-mafkuraviy ta'siri" — O'zbekiston "Olima" uyushmasi Xorazm viloyat bo'limi raisi, i.f.n., dotsent M. Iskandarova; "Zulfiyaxonim — vafo va sadoqat kuychisi" — Respublika xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, Urganch davlat universiteti dotsenti Sh. Nurullayeva; "Zulfiya ijodida milliy qadriyatlar tarannumi" — Urganch innovatsion universiteti f.f.n., dotsenti S. Samandarova; "Zulfiya ijodida sadoqatning kuylanishi" — Urganch davlat universiteti f.f.n., dotsenti M. Jumaniyazova; "Zulfiyaxonim she'riyatida falsafiy teranlik" — Urganch innovatsion universiteti "Pedagogika va boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi mudiri, dotsent Ch. Sabirova. Shuningdek, ko'plab o'qituvchi va talabalarimiz ham anjumanda chiqish qildilar.

Shaxsiy hayoti, ijodi hamda faoliyatida hamisha yuksak ma'naviyat, fidoyilik va samimiyat namunasi bo'lgan Zulfiyaxonim ijodini o'rganish aslo o'z ahamiyatini yo'qotmaydi.

URIU

O'rganishni boshlashga va ko'nikmalaringizni oshirishga tayyormisiz?

Mutaxassislar tomonidan boshqariladigan ta'lim yo'nalishlarida o'z karyeralarini o'zgartirayotgan minglab o'quvchilarga qo'shiling. O'z yo'lingizni tanlang va bugun sayohatingizni boshlang.

7
6
5
0
1
2
3
4
5
7
6
5
4
3
2
1
0
k+

Muvaffaqiyatli bitiruvchi

1
1
2
3
4
5
M+

O‘qiyotgan talaba

7
6
1
0
1
2
3
4
5
7
6
5
4
3
2
1
0
+

Malakali o‘qituvchi

2
1
2
3
4
5
7
6
5
4
3
2
1
0
k+

Ishga joylashgan bitiruvchi