Urganch innovatsion universiteti "O'zbek va xorijiy filologiya" kafedrasi hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo'limi hamkorligida taniqli o'zbek shoirlari Omon Matjon va Matnazar Abdulhakim tavalludi munosabati bilan anjuman tashkil etildi.

Xorazm vohasining ikki zabardast shoiri hayoti va ijodiga bag'ishlangan anjumanni Urganch innovatsion universiteti rektori, f.f.n., Turon fanlar akademiyasi akademigi Madamin Jumabayevich Ishmuratov ochib berdi.

Anjumanda "O. Matjon va M. Abdulhakim bilan bog'liq xotiralar: adabiyot va hayot mushohadalari", "Omon Matjon asarlarida tarixiylik konsepsiyasi", "Yangi o'zbek she'riyatida Omon Matjonning o'rni", "Omon Matjon asarlarining til xususiyatlari", "Shoir Matnazar Abdulhakim she'riyati bo'yicha", "M. Abdulhakim she'riyatining lingvopoetik jihatlari", "M. Abdulhakimning «Darsdan so'ng» she'ri tahlili", "Badiiy so'z ustalarining adabiy merosi" kabi mavzularda universitetimiz professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari ma'ruzalar bilan ishtirok etdilar.

Anjumanda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi Shuhrat Matkarim hamda Matnazar Abdulhakimning o'g'li Muzaffar Abdulhakimovning ishtirok etishi tadbirga o'zgacha shukuh baxsh etdi.

URIU

O'rganishni boshlashga va ko'nikmalaringizni oshirishga tayyormisiz?

Mutaxassislar tomonidan boshqariladigan ta'lim yo'nalishlarida o'z karyeralarini o'zgartirayotgan minglab o'quvchilarga qo'shiling. O'z yo'lingizni tanlang va bugun sayohatingizni boshlang.

7
6
5
0
1
2
3
4
5
7
6
5
4
3
2
1
0
k+

Muvaffaqiyatli bitiruvchi

1
1
2
3
4
5
M+

O‘qiyotgan talaba

7
6
1
0
1
2
3
4
5
7
6
5
4
3
2
1
0
+

Malakali o‘qituvchi

2
1
2
3
4
5
7
6
5
4
3
2
1
0
k+

Ishga joylashgan bitiruvchi