
Urganch innovatsion universitetida "Global raqamli jamiyatda ilm-fan va ta’lim: Tarixiy meros, innovatsiyalar va inson kapitali" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tmoqda.
Universitetimiz tashkil etilishi va rivojlanishiga beqiyos hissa qo'shgan yetuk olim, mohir tashkilotchi, minglab shogirdlarning aziz ustozi hamda oliy ta'lim dargohimizning birinchi rektori Ishmuratov Madamin Jumaboyevichning yorqin xotirasini e’zozlash maqsadida tashkil etilgan hamda yuqori saviyada bo'lib o'tayotgan mazkur konferensiyaning ikkinchi kuni jarayonlarini universitet rektori v.v.b., dotsent Ismoilov Shukurulloh Habibulloh o'g'li ochib berdi. Tadbirda Respublikamiz hamda dunyoning bir qator mamlakatlari yetakchi olimlari ham onlayn tarzda ishtirok etib, mavzuga doir yangi bilim va tajribalari bilan o'rtoqlashmoqdalar.
Xususan, so'zga chiqqanlar o'z ma'ruzalarida global raqamli jamiyatda ilm-fan va ta’lim milliy taraqqiyotning hal qiluvchi drayverlariga aylangani, tarixiy merosga tayangan holda sun’iy intellekt va raqamli platformalarni integratsiya qilish inson kapitalini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishi, innovatsiyalarni rag‘batlantirishi va mehnat bozoridagi raqobatbardoshlikni belgilab berishiga alohida urg'u berdilar.
Boshqa maqolalar
O'rganishni boshlashga va ko'nikmalaringizni oshirishga tayyormisiz?
Mutaxassislar tomonidan boshqariladigan ta'lim yo'nalishlarida o'z karyeralarini o'zgartirayotgan minglab o'quvchilarga qo'shiling. O'z yo'lingizni tanlang va bugun sayohatingizni boshlang.
Muvaffaqiyatli bitiruvchi
O‘qiyotgan talaba
Malakali o‘qituvchi
Ishga joylashgan bitiruvchi