Urganch innovatsion universitetida “Fevral — giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi” munosabati bilan matbuot anjumani tashkil qilindi.
Tadbirda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, dotsent N. Matyakubov, rektor maslahatchisi G‘. Matsapayev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i X. Davletov hamda boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etib, oylik doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.
Ta’kidlash joizki, “Fevral — giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi” doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarning barchasi yosh avlodni sog‘lom turmush tarziga targ‘ib etish, zararli illat va odatlarga qarshi kurashish, yoshlarning qimmatli vaqtini foydali va unumli ishlarga yo‘naltirishga qaratilgan. Bir so‘z bilan aytganda, sog‘lom va baxtli hayot tarafdori bo‘lish g‘oyasi ilgari suriladi.
Matbuot anjumani yakunida barcha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.