Call center

Urganch innovatsion universitetida muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Bir haftada bir kitob” loyihasining bu galgi soni uchun Jon Ronald Ruel Tolkinning “Uzuklar hukmdori” asari tanlab olindi.


Urganch innovatsion universitetida muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Bir haftada bir kitob” loyihasining bu galgi soni uchun Jon Ronald Ruel Tolkinning “Uzuklar hukmdori” asari tanlab olindi.

ARM xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir muhokama tarzida olib borilib, dastlab talaba-yoshlarning muallifning hayoti hamda ijodi haqidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Shundan so‘ng talabalar “Uzuklar hukmdori” asari asosida tayyorlangan savollarga test shaklida javob berib, asar bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamladilar.

Tadbirda faol ishtirok etgan talabalar badiiy adabiyotlar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.

  • 12:12 04/02/2026