Urganch innovatsion universitetida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Sportning voleybol hamda stritbol turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda oliy ta’lim dargohimizning sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi talaba-yoshlari qizg‘in va murosasiz bahslarni namoyish etdilar.
Zero, sport — sog‘liq garovi, sog‘lom turmush tarzining asosi hisoblanadi. Ushbu yigit-qizlar nafaqat o‘zlari, balki tengdoshlari uchun ham sport va sog‘lom hayotni tanlaganliklari, zararli illatlardan yiroq ekanliklari bilan barchaga o‘rnak bo‘ldilar.