Urganch innovatsion universitetining “Tarix” kafedrasi 22/01-guruhi talabalari Urganch shahridagi 14-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida amaliyot jarayonlarida ishtirok etmoqdalar.
Bugungi dars jarayonida 8-sinf o‘quvchilari bilan “O‘zbekiston tarixi” fanidan Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni mavzusida ochiq dars mashg‘ulotlari olib borildi.
Ochiq dars davomida Amir Temurning davlat boshqaruvi, harbiy strategiyasi, markazlashgan davlat barpo etishdagi o‘rni hamda uning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.