Yangi nashr etilgan o‘quv-qo‘llanma va darsliklar universitet Axborot-resurs markaziga topshirildi.
Urganch innovatsion universitetining “Tarix” kafedrasi o‘qituvchisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Nurmetov Sardor Baxtiyorovich tomonidan yozilgan “O‘zbekiston qishloqlari tarixi (mil. avv. XVII–V asrlar)” nomli monografiya universitet Axborot-resurs markaziga taqdim etildi.
Mazkur monografiya qadimgi davrlarda O‘zbekiston hududidagi qishloq xo‘jaligi manzilgohlari, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar hamda tarixiy taraqqiyot bosqichlarini ilmiy asosda yoritib beradi.