Call center

“Bir haftada bir kitob” loyihasi doirasida Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari muhokama qilindi


“Bir haftada bir kitob” loyihasi doirasida Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari muhokama qilindi

 Urganch innovatsion universitetida muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Bir haftada bir kitob” loyihasining navbatdagi soni mashhur yozuvchi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asariga bag‘ishlandi.

Tadbir Axborot-resurs markazi (ARM) xodimlari tomonidan muhokama tarzida olib borildi. Dastlab, talaba-yoshlarning muallif hayoti va ijodi bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi. So‘ngra ular asar mazmuni asosida tayyorlangan savollarga tezkor javob berish orqali o‘z bilimlarini mustahkamlashdi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur loyiha talabalarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, milliy adabiyotimiz durdonalariga qiziqish uyg‘otish hamda ularni badiiy tafakkur bilan boyitishga xizmat qilmoqda.

  • 13:10 22/10/2025