Urganch innovatsion universiteti sport klubi a’zolari tomonidan muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan sport mashg‘ulotlaridan lavhalar.
Universitet sport klubi a’zolari tomonidan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar talabalarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faolligini oshirish hamda sport orqali jamoaviy ruhni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bu mashg‘ulotlar doirasida talabalar turli sport turlari bo‘yicha malakalarini oshirib, sog‘lom raqobat va do‘stlik muhitida faol ishtirok etishmoqda.