Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan Yoshlar Mehnat Yarmarkasida faol ishtirok etgan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, barcha shahar va tumanlardagi bandlik bo‘limlari, yirik korxona va tashkilotlar hamda barcha tashkilotchilar universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Marosim yoshlar bandligini ta’minlash va ularning kasbiy ko‘nikmalarini oshirishga qo‘shgan hissasini qadrlashga qaratilgan bo‘ldi.