Urganch innovatsion universitetida 25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda universitet rektori, Turon fanlar akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori Ishmuratov Madamin Jumaboyevich so‘zga chiqib, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Vatanga sadoqatli, xalq manfaatlarini himoya qilishga va tinchlikni asrashga o‘rgatish borasida fidokorlik bilan xizmat qilayotgan soha xodimlarini samimiy tabrikladi.
Xususan, universitet profilaktika inspektori mayor Berdiyev Mansur Ramanberdiyevich, Korrupsiyaga qarshi “komplaens-nazorat” tizimi bo‘limi boshlig‘i Jumaboyev Farruh Madaminovich va Xalimbetov Ikrom Sobirovich kasb bayramlari bilan muborakbod etildilar.
Shuningdek, soha xodimlari universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.