Call center

Javoharlal Neru universitetida O‘zbekistondan, xususan Urganch innovatsion universitetidan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar tomonidan pedagogik mahorat darslari tashkil etilmoqda.


Javoharlal Neru universitetida O‘zbekistondan, xususan Urganch innovatsion universitetidan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar tomonidan pedagogik mahorat darslari tashkil etilmoqda. Hozirda “Boshlang‘ich ta’lim va psixologiya kafedrasi” mudiri dots. Ch. Sobirova hindistonlik talabalarga va soha mutaxassislariga O‘zbekistondagi ta’lim tizimi, ta’lim tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yurtimiz talaba-yoshlariga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, pedagogik mahorat darslari haqida ma’ruza mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
 E’tiborlisi, hindistonlik talabalarning o‘zbek tilini yaxshi tushunishi va ma’ruzalarning o‘zbek tilida olib borilayotganidir. Bu esa ikki davlat professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlarining ta’lim sohasidagi rivoji hamda tobora mustahkamlanib borayotgan hamkorlik aloqalarining yorqin dalilidir.

  • 15:28 13/11/2025