Call center

Urganch innovatsion universitetida “Jaholatga qarshi – maʼrifat bilan!” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.


Urganch innovatsion universitetida “Jaholatga qarshi – maʼrifat bilan!” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari R. Sobitov, Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mitaning Urganch shahar bosh mutaxassisi O. Vaisov, universitet rektor maslahatchisi G’. Matsapayev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i X. Davletov hamda profilaktika inspektori, mayor M. Berdiyev so‘zga chiqishdi.

So‘zga chiqqanlar har bir inson qalbida Vatanga sadoqat va fidoiylik tuyg‘usi vatanparvarlikning oliy belgisi ekanini ta’kidladilar. Vatanni sevish, uni himoya qilish va e’zozlash buyuk ma’naviy jasorat talab etishi qayd etildi. Shuningdek, ma’naviyatga qarshi qaratilgan jaholat insonni g‘aflatga, loqaydlik esa beparvolikka olib kelishi, bunday illatlardan yiroq bo‘lish uchun doimiy ogohlik zarurligi alohida urg‘ulandi.

Ma’naviyati yuksak, mustahkam e’tiqod va milliy qadriyatlarga sodiq xalqni hech qanday kuch yenga olmasligi, yoshlarning ko‘proq kitob mutolaa qilishi, ilmli inson hech qachon kam bo‘lmasligi, atrofimizda kechayotgan jarayonlarga loqayd va befarq bo‘lmaslik lozimligi haqida ham fikrlar bildirildi.

 Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning quyidagi fikri keltirildi:
“Biz ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni, albatta, yaxshi ko‘radi. Vijdon, ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir. Mana shunday qarash butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan keng va qizg‘in qo‘llab-quvvatlanayotgani ma’naviy tarbiyaning naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi”.

  • 16:20 18/02/2026