Urganch innovatsion universitetida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.
Shundan so‘ng bayram tadbirini Urganch innovatsion universiteti rektori, Turon fanlar akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori Ishmuratov Madamin Jumaboyevich ochib berdi.
U o‘z nutqida 21-oktabr milliy madaniyatimiz va ma’naviyatimiz timsoli bo‘lgan Ona tilimizga ehtirom ko‘rsatish kuni sifatida alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. O‘zbek tili — xalqimizning tarixiy qadriyatlari, tafakkuri va ma’naviy merosini aks ettiruvchi bebaho boylikdir. Davlat tili maqomi har birimizdan tilimiz rivojiga o‘z hissamizni qo‘shishni talab etadi.
Tadbirda, shuningdek, universitetimizda fidoyilik bilan mehnat qilib, tilimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan professor-o‘qituvchilar ham so‘zga chiqib, barchani samimiy bayram tabrigi bilan qutladilar.